AsosiyJamiyat

Navoiyda xujjatlarda ko`rsatilmagan parfyumeriya maxsulotlari to`xtatib qolindi..

'Navoiyda xujjatlarda ko`rsatilmagan parfyumeriya maxsulotlari to`xtatib qolindi..'ning rasmi

Mamlakatimiz aholisi tomonidan parfyumeriya mahsulotlarga bo`lgan talab yuqori. Bugungi kunda mazkur tovarlarning   bir qismi xorijdan import asosida olib kelinmoqda va bu jarayonlarga davlatimiz tomonidan bir qator imkoniyatlar yaratilgan. Yurtimizda  yaratilayotgan bunday imkoniyatlarga qaramay bojxona nazoratidan yashirgan xolda noqonuniy ravishda tovarlarni olib kirish xolatlari hanuzgacha uchrab turibdi. Bu haqda Navoiy viloyati Bojxona boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Akbar Rizaqulov xabar berdi.

Jumladan, Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan yuborilgan kurerlik jo`natmalari bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, ikkita holatda  bojxona nazoratidan yashirilgan va xujjatlarda ko`rsatilmagan umumiy qiymati 53,9 million so`m bo`lgan parfyumeriya maxsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan  surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Boshqa yangiliklar