Madridning “Real” jamoasi “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Qirollik klubi” yosh iqtidor egasining transferi uchun 80 mln evro to`lamoqchi. Biroq, 22 yoshli fransiyalik futbolchiga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirgan va ular o`zaro kurash olib borishadi. Pol Pogbaning o`zi esa faoliyatini “Barselona”da davom ettirish istagini bildirgan.
Ma`lumot uchun, joriy mavsumda fransiyalik futbolchi Turin klubining barcha turnirlarida 6 ta gol urishga muvaffaq bo`lgan.





