Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari va “Bosh-pochtamt” TIF bojxona posti xodimlari hamkorlikda xorijdan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro V.D. nomiga kelgan qog`oz konvertdan iborat pochta jo`natmasi shubha ostiga olindi.
Mazkur jo`natma belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganida,bir dona paketga solingan 15 dona tabletkalar borligi aniqlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko`ra, mazkur tabletkalarning tarkibida
2,85 gramm “metilfenidat” nomli giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.