AsosiyJamiyat

3 mamlakat hamkorligida «Rossiya va jahon medialanshafti: o`tmish, bugun, kelajak" mavzusidagi konferensiya o`tkazildi

'3 mamlakat hamkorligida «Rossiya va jahon medialanshafti: o`tmish, bugun, kelajak" mavzusidagi konferensiya o`tkazildi'ning rasmi

Bugun, 14-aprel kuni O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti yana bir nufuzli xalqaro onlayn konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda universitet ma`muriyati "Darakchi"ga xabar qildi.

Konferensiya  «Rossiya va jahon medialanshafti: o`tmish, bugun, kelajak" (Medialanshaft Rossii i mira: proshloe, nastoyashee i budushee) mavzusida o`tkazildi. Onlayn formatda o`tkazilgan tadbir Rossiya xalqlar do`stligi universiteti jurnalistika nazariyasi va tarixi kafedrasi, Al-Farobiy nomidagi Qozog`iston Milliy universiteti bosma va elektron OAV kafedrasi hamda O`zJOKU media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamkorligida tashkil qilindi.

Konferensiyadan ko`zlangan asosiy maqsad uch oliy ta`lim muassasasining olimlari, doktorantlari, talabalar va amaliyotchi jurnalistlari uchun dialog muhitini yaratish va  zamonaviy mass medianing rivojlanishiga hissa qo`shishdan iborat. Konferensiyada har uch mamlakat jurnalistika ilmining ko`zga ko`ringan vakillari, professor-olimlari, doktorant va tadqiqotchilari ishtirok etdi. 

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar