AsosiyJamiyat

Bugun ikki hududda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun ikki hududda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-25° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-23° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar