14 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab jami 43 896 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 300 854 nafarga etdi.
13 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
-Qashqadaryo viloyati (6 444 nafar),
-Andijon viloyati (6 150 nafar),
-Farg`ona viloyati (4 271 nafar) band qildi.
E`tiborli jihati shuki, Andijon va Namangan viloyatlarda koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni 30 ming nafardan oshiq bo`lgani ko`rinmoqda (Andijon 37 344 nafar, Namangan 33 446).
Jami emlanganlar soni bo`yicha hamon Farg`ona viloyati birinchi o`rinni egallab turibdi (47 946 nafar).
Emlash jarayonlari davom etadi.






