1

Koreyadagi o`zbekistonliklar uchun: viza muddatini uzaytirish bilan bog`liq yangi tartib e`lon qilindi

Jamiyat 15.04.2021, 09:38
Koreyadagi o`zbekistonliklar uchun: viza muddatini uzaytirish bilan bog`liq yangi tartib e`lon qilindi

Koreya Respublikasi hukumati tomonidan, koronavirus pandemiyasi tufayli aziyat chekayotgan kichik va o`rta biznes yo`nalishidagi ishlab chiqarish sanoatlarida, shuningdek, dehqonchilik va baliqchilik sohasidagi chet ellik ishchi kuchining etishmasligi bilan bog`liq muammolar hal etildi.

2021 yil 13 aprelda "Chet ellik ishchilarni jalb qilish to`g`risidagi qonunga" o`zgartirishlar kiritilgan holda chiqqan qarorga ko`ra, viza muddati 2021 yilning 13 aprelidan 2021 yilning 31 dekabrigacha bo`lgan, E-9 va H-2 vizasidagi chet ellik ishchilar Koreyada bo`lib turish va mehnat shartnomasi muddatini bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Biroq, qabul qilingan qaror kuchga kirgan sanadan oldin viza muddati tugagan chet ellik ishchilar, ushbu, 1 yilga uzaytirish imkoniyatidan foydalanish huquqiga ega emaslar.

Barchaga ma`lumki, pandemiya tufayli xorijiy ishchilarni jalb qilish so`nggi oylardan beri keskin pasayib ketdi, avia parvozlar qisqardi, mamlakatga kirish va chiqish qiyinlashib bormoqda hamda ishchi kuchi etishmasligi muammosi davom etmoqda. Bu esa o`z navbatida, kichik va o`rta biznes yo`nalishidagi ishlab chiqarish sanoatlariga, shuningdek, dehqonchilik va baliqchilik sohalariga katta iqtisodiy zarar keltirib chiqarmoqda.

Yuqoridagi sabablar tufayli, Koreya hukumati tomonidan ushbu qaror qabul qilinib, keng jamoatchilikka e`lon qilindi.

Chet ellik ishchilar orasida, ish qidirish muddatini 50 kunga uzaytirganlar bor. Agar ushbu muddat, joriy yilning 13 aprelidan 31 dekabr oralig`ida tugaydigan bo`lsa, yana bir yil muddatga uzaytirishlari mumkin.

Bir yilga uzaytirish uchun  www.eps.go.kr sayti orqali Onlayn tarzda yoki tegishli ish markazlariga, ya`ni “Koyong sento”larga borib murojaat qilishi mumkin.

Ish beruvchilar chet ellik ishchilar bilan kelishgan holda ish boshlaganligi to`g`risidagi ma`lumotni vakolatli bandlik markazlariga yoki Immigrasiya xizmatiga va Chet elliklar masalalari bo`limiga to`g`ridan-to`g`ri xabar berish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1