1

Reklama bannerlari ortidan katta jinoyatga qo`l urgan mansabdorning kirdikorlari fosh etildi

Jinoyat 15.04.2021, 11:02
Reklama bannerlari ortidan katta jinoyatga qo`l urgan mansabdorning kirdikorlari fosh etildi

Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudi, sud binosida “ToshkentReklamaServis” DUK rahbari A.I.ning byudjet mablag`larini o`zlashtirganligi holati bo`yicha jinoyat ishi ko`rib chiqilgan. 

A.I. «Toshkent Reklama Servis» davlat unitar korxonasida 2006 yildan boshlab 2018 yilgacha direktor lavozimida ishlab kelgan. «Toshkent Reklama Servis» Toshkent shahar hokimligining reklama va axborot faoliyati bo`yicha komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. A.I. bir vaqtning o`zida Toshkent shahar hokimligining reklama va axborot faoliyati bo`yicha komissiyasi mas`ul kotibi sifatida ham ishlab kelgan.

A.I. rahbarligidagi DUK va uning xodimlari o`ziga yuklatilgan vazifalarga loqayd yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo`lib, yuridik va jismoniy shaxslarga tashqi reklama vositalarini o`rnatiish uchun 700 ta «Reklama joyining pasportlari» bo`yicha belgilangan tartibda va muddatda o`rnatilishi holatini o`z vaqtida monitorinin qilmagani natijasida yuridik va jismoniy shaxslardan «Toshkent Reklama Servis» DUKga undirilishi lozim bo`lgan 328 million so`mga yaqin mablag`lar tarif bo`yicha hisoblanmagan va ushbu malag`larni undirish choralarini ko`rmagan.


A.I. 12 yillik faoliyati davomida unga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo`lgan o`zganing mulkini o`zlashtirgan va talon-toroj qilgan. Xususan, 2014 va 2015 yillar davomida «Toshkent Reklama Servis» DUK ta`sischisi bilan kelishmasdan, ortiqcha shtat birligini tasdiqlab, ularga har oy 36 million so`mdan ziyod ish haqi va ajratmalar berib kelgan.

Bundan tashqari, A.I. bosh vazirning topshirig`i bilan qator ko`chalardagi trassa bo`ylab o`rnatilgan reklama qurilmalari olib tashlangan bo`lishiga qaramasdan, o`z mansab vakolatlaridan foydalanib, mazkur hududlarga 18 ta reklama qurilmasining o`rnatilishiga yo`l qo`yib bergan.

Shuningdek, «Toshkent Reklama Servis» DUK sobiq rahbari Toshkent shahrida turli korxona va tadbirkorlarga tegishli bo`lgan jami 684 ta reklama joyining pasportlariga komissiya a`zolari tomonidan qayta ko`rib chiqilishiga yo`l qo`ymasdan, o`zboshimchalik bilan reklama qurilmalarining joylash joyi, o`lchami, turi, chizmasi, fotosurati va undagi boshqa ma`lumotlarni noqonuniy ravishda o`zgartirib, soxta ma`lumotlarni kiritgan. Shu yo`l bilan ularni 90 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektga taqdim qilgan va buning natijasida ularning 34 tasidan jami 30 millionga yaqin mablag`larni korxona foydasiga undirmagan.

Shuningdek, A.I. bir qator noqonuniy harakatlar amalga oshirib, o`z jinoiy sheriklari bilan «Toshkent Reklama Servis» DUKning mablag`larinin talon-toroj qilib kelgan.

Yuqoridagi barcha holatlarni inobatga olib, Sud A.I.ni Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida, ya`ni 20 730 000 so`m jarima, 45-moddaga asosan, korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda mansabdorlik lavozimlarini egallashdan mahrum qilish, Jinoyat kodeksining 207 va 205-moddalari bilan ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlar, Jinoyat kodeksining 209-moddasi bilan eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdorida, ya`ni 20 409 500 so`m jarima, Jinoyat kodeksining 144-moddasining 1-qismi bilan ish haqining 20 foizi davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazolari tayinladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1