1

“Marg`ilon haqiqati” gazetasi bosh muharriri vafot etdi

Jamiyat 15.04.2021, 11:24
“Marg`ilon haqiqati” gazetasi bosh muharriri vafot etdi

Farg`ona viloyati jurnalistikasining taniqli namoyandalaridan biri, “Marg`ilon haqiqati” gazetasining bosh muharriri Nabijon Sobirov bugun 15 aprel kuni 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda xabar qilgan Farg`ona viloyati hokimligi “Marg`ilon haqiqati” gazetasining bosh muharriri, taniqli jurnalist Nabijon Sobirovning vafoti munosabati bilan ta`ziya izhor qildi.

Nabijon Sobirov 1954 yilda Farg`ona viloyati, Toshloq tumanida tug`ilgan. Farg`ona davlat pedagogika instituti hamda  Belorussiya siyosatshunoslik va ijtimoiy boshqaruv institutini tamomlagan.  Uzoq yillar davomida "Farg`ona haqiqati" gazetasida muxbir, bo`lim mudiri va bosh muharrir sifatida faoliyat olib borgan.  2008-2013 yillarda O`zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Farg`ona viloyati Kengashi ijroiya qo`mitasi raisi bo`lib ishlagan. Shuningdek, “Xalq so`zi” gazetasining Farg`ona viloyati bo`yicha muxbiri bo`lib ham samarali mehnat qilgan.  

Iste`dodli jurnalist, mehribon ustoz, kamtarin inson Nabijon Sobirovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1