AsosiyJinoyat

Toshkentda erkak xotinini pichoqlab o`ldirdi

'Toshkentda erkak xotinini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Toshkentda 36 yoshli ayol eri tomonidan pichoqlab o`ldirildi. Bu haqda Uchtepa tumani hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Uchtepa tumani, Chilonzor 26-mavzesidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi  G.N. ertayu-kech ikki farzandini boqish, ijara pulini to`lash maqsadida Farxod dehqon bozorida poliz mahsulotlar bilan savdo qilar edi. Uning turmush o`rtog`i X.B. ham chilangarlik bilan shug`ullanib, imkon qadar oilasining kam-ko`stini butlashga harakat qildi. Ularning 11 yashar qizlari va 8 yashar o`g`li esa barcha bolalar qatori maktabda ta`lim olishadi.  

Bir qarashda, oddiy o`zbek oilasi. Ammo, nima bo`ldiyu eru-xotin orasiga sovuqchilik tushib ular janjallashib qolishdi.

Kuni-kecha, xususan 11 aprel kuni xonadon boshi fuqaro X. tushlik payti spirtli ichimlik iste`mol qilib, turmush o`rtog`i bilan janjallashib qolishda va “erkak” ojiza ayolning o`ng ko`krak qafasiga pichoq sanchidi.

Endigina 36 bahorni qarshi olgan ona vafot etdi, farzandlar etim qoldi, berahim er esa qamoqqa ravona bo`ladi.  Uchtepa tuman Ichki ishlar bo`limi mas`ullari ana shu jinoyat sodir etilgan mahallada bo`lishib, qo`ni-qo`shnilar, mahalla faollari bilan mazkur qotillik tafsilotlarini muhokama qilishdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar