1

Toshkent metrosi tablosida paydo bo`lgan uyatsiz yozuvga oydinlik kiritildi

Jamiyat 15.04.2021, 12:51
Toshkent metrosi tablosida paydo bo`lgan uyatsiz yozuvga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli yo`nalishidagi "3-Bekat" stansiyasida vaqtini ko`rsatuvchi soat  darchasida harakatlanuvchi satrda nojo`ya gap aks ettirilgan video tarqalmoqda.  

“Toshkent metropoliteni” UK ma`lum qilinishicha, ushbu hodisa bo`yicha ichki xizmat tekshiruvi o`tkazilgan. Unga ko`ra, 12 aprel kuni soat 16:40da ushbu vaqtini ko`rsatuvchi soat  mexanizmiga xakerlar tomonidan kiberhujum (buzib kirish) sodir bo`lganligi aniqlandi. Ushbu darcha elektron tizimli bo`lib, Wi-Fi orqali boshqariladi. Hujumchilar soatga o`rnatilgan parolni buzib, unga nojo`ya gapni harakatlanuvchi satrga joylashtirgan. Ta`kidlash joiz, mazkur gap 4 daqiqa ichida olib tashlandi. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aybdorlar qidirmoqda va ularga nisbatan tegishli choralar ko`riladi.

“Toshkent metropoliteni” UK rahbariyati telekommunikasiya tarmog`iga noqonuniy (sanksiyasiz) ulanishdan ogohlantiradi va  bunga jinoiy javobgarlik belgilanganligini eslatib o`tmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1