AsosiyJinoyat

Hazoraspda hokimlik zaxirasidagi erni sotmoqchi bo`lganlar ushlandi

'Hazoraspda hokimlik zaxirasidagi erni sotmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. va N.X.lar noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro  P.ning ishonchiga kirib, unga turar joy qurishi uchun hokimlik zaxirasida bo`lgan 6 sotix er uchastkasini firibgarlik yo`li bilan sotishni rejalashtirib, evaziga oldindan kelishilgan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.X. va N.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar