1

Toshkentda nega ayollar baqir-chaqir qilib, ichki ishlar xodimlarga qarshilik ko`rsatishdi?

Jamiyat 15.04.2021, 14:13
Toshkentda nega ayollar baqir-chaqir qilib,  ichki ishlar xodimlarga qarshilik ko`rsatishdi?

Internet tarmog`ida Toshkent shahar IIBB xodimlari ayollarni xizmat avtomobili tomon olib ketayotganligi aks etgan videotasvir tarqalmoqda. Unda ayollarning baqirib,  ichki ishlar xodimlarga qarshilik qilgani aks etgan.

Toshkent shahar IIBB mazkur holat 14 aprel kuni taxminan soat 21.30 da Qoratosh va Bunyodkor ko`chalari kesishmasida sodir bo`lganini ma`lum qildi. 

Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari avtomobillar qatnov qismida farzandlari bilan tilanchilik qilib haydovchilarga halaqit berayotgan uch nafar ayollarni ko`rishgan. Ayollar tilanchilik qilish ma`muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirilib, ularning shaxslarini aniqlash maqsadida Shayxontohur tumani  Ichki ishlar bo`limiga olib ketilayotganida ayollar atrofdagilarning rahmini keltirish uchun baqirib, xodimlarga faol qarshilik qila boshlashgan.

Tilamchi ayollar samarqandlik ikki farzandli 25 yoshli Mahliyo Yu., 30 yoshli Zuhra Sh. va 25 yoshli Sanobar U. ekanliklari, shuningdek ular muqaddam bir necha marotaba ogohlantirilganliklari aniqlangan.

" – Bundan avval xodimlar mazkur ayollarni yo`l qismida tilanchilik maqsadida bolalaridan foydalanayotganliklarini guvohi bo`lishgan. Bu ayollarning yo`l qatnov qismida tilanchilik qilishi nafaqat ularning o`zlari, balki norasida go`daklarining hayoti uchun ham xavfli bo`lib, kamiga boshqa yo`l harakati qatnashchilarining hayotini ham xavf ostida qoldirgan.

Ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko`rilishi uchun tergovga qadar tekshiruvi o`tkazilmoqda, natijasi haqida qo`shimcha xabar beriladi.

Qayd etish joizki, Toshkent shahar IIBB xodimlari tilanchilik uchun javobgarlik kuchaytirilgandan buyon, faol tilanchilik bilan shug`ullanuvchi shaxslar orasida tushuntirish profilaktik ishlarni olib borishmoqda. Profilaktik suhbatlar davomida tilanchilik bilan shug`ullanish sabablari o`rganilib, ularga yordam berish uchun ish taklif etilmoqda. Afsuski, ushbu fuqarolar har doim ham ishga joylashishga rozi bo`lmasdan, engil daromad topish maqsadida tilanchilik bilan shug`ullanishda davom etmoqda", – deyladi tezkor xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1