1

Vizasiz sayohat qilish reytingida O`zbekistonning o`rni yaxshilandi

Jamiyat 15.04.2021, 16:42
Teglar: Vizasiz sayohat
Vizasiz sayohat qilish reytingida O`zbekistonning o`rni yaxshilandi

The Henley Pasport Index reytingida O`zbekiston 85-o`rinni egalladi. Birinchi o`rinda Yaponiya o`z fuqarolariga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda.

The Henley Pasport Index pasport reytingida O`zbekiston 1 pog`onaga ko`tarilib, Cote d`Ivoire davlati bilan bir qatorda 85-o`rinni egalladi.

Unga ko`ra O`zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz yoki etib borgach viza olish orqali sayohat qilishlari mumkin.

Reytingning TOP-3 ga: Yaponiya (193 davlat), Singapor (192 davlat), Germaniya (191 davlat) kirdi.

MDH davlatlari orasida ham yaxshilanish kuzatildi: Rossiya 48-o`rinda (118 davlat), Belarus 68 o`rinda (77 davlat), Qozog`iston 69-o`rinda (75 davlat), Tojikiston 84-o`rinda (58) va Turkmaniston 89-o`rinda (53 davlat).

Eng so`nggi o`rinlarni esa Suriya (29 davlat), Iroq (28 davlat) va Afg`oniston (26 davlat) egallagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1