AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab kam bulutli, quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekiston bo`ylab kam bulutli, quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 16 aprelda kunduz kuni respublika bo`yicha kam bulutli, quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 22-27° iliqgacha, janubda va cho`l hududlarida 30° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 23-25° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Harorat 14-19° iliq atrofida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar