2020 yilning 10 sentyabr kuni M.E. R.Z. ismli ayolning ishonchiga kirib, 7.626.000 so`m evaziga farzandini Qozog`iston Respublikasiga o`qishga olib kirishini aytib, aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
"Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin" deyiladi xabarda.






