AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkorga pullarini bermagani sabab qurib bitkazilgan qishloq oilaviy poliklinikasi faoliyat ko`rsatmayaptimi?

'Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkorga pullarini bermagani sabab qurib bitkazilgan qishloq oilaviy poliklinikasi faoliyat ko`rsatmayaptimi?'ning rasmi

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy yilning 4 yanvar kuni “Kun.uz” sayti orqali e`lon qilingan “Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkorga pullarini bermagani sabab qurib bitkazilgan qishloq oilaviy poliklinikasi faoliyat ko`rsatmayapti” sarlavhali maqola yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi quyidagilarni ma`lum qildi:

Maqolada “Sharg`un tog`-kon servis” MChJ tomonidan Uzun tumanining Oq tumshuq mahallasidagi 79 qishloq oilaviy poliklinikasining qayta qurish ishlari 2019 yilning oktyabr oyida tugatilgan bo`lsada,  tadbirkorning Surxondaryo viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasidan loyihada ko`rsatilgan 1,2 mlrd so`mni to`liq ololmayotgani aytilgan.

Haqiqatdan ham, viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi pudratchi “Sharg`un tog`-kon servis” MChJ bilan 2019 yilda 1,2 mlrd.so`mga shartnoma tuzib, Uzun tumanidagi 79-sonli  qishloq oilaviy poliklikasining tez tibbiy yordam shaxobchasida rekonstruksiya ishlarini olib borgan.  

2021 yilning 1 yanvarigacha “Sharg`un tog`-kon servis” MChJga 1,058 mlrd. so`mlik bajarilgan qurilish ishlari uchun mablag` to`lab berilgan. Pudrat shartnomasiga asosan qolgan 173,0 mln. qarzdorlik summasi 2021 yilning mart oyida to`liq to`lab berilgani, hozirgi kunda ushbu ob`ekt bo`yicha qarzdorlik mavjud emasligini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar