Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi nega o`rab olingani haqidagi savollar paydo bo`ldi. Toshkent shahar hokimligi holatga aniqlak kiritdi.
"Shahrimizdagi madaniy yodgorliklar, ziyoratgohlarni asrash, saqlash va tegishli tartibda joriy va mukammal ta`mirlash ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Shu jumladan, joriy yilda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qurilish-ta`mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Rekonstruksiya jarayonida hududdagi daraxtlarga zarar etkazmagan holda qatag`on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi, ramziy rotonda rekonstruksiya qilinadi, muzey xodimlari uchun alohida ma`muriy bino quriladi, aholi uchun maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do`konlari, ochiq amfiteatr va “Wi-Fi” xududlari barpo etish rejalashtirilgan", - deyiladi rasmiy izohda.






