AsosiyJamiyat

Toshkentlik o`quvchi 68 ta OTMga muvaffaqiyatli imtihon topshirdi

'Toshkentlik o`quvchi 68 ta OTMga muvaffaqiyatli imtihon topshirdi'ning rasmi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta`lim maktabining  11 “V” - sinf o`quvchisi Saidkarim Tursunboev xorijning oltmish sakkizta (!) oliy ta`lim muassasasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 E`tiborlisi, eng yuqori ball to`plab, ulardan bir nechtasining grantlar sohibiga aylandi.

Bitiruvchi Saidkarim Tursunboev imtihon topshirgan oliy ta`lim muassasalari orasida AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlarning nomdor universitetlari bor.

Iqtidorli o`quvchimizning keyingi o`qish va ishlarida bundan-da yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar