AsosiyJamiyat

Oliy Majlis Senati qo`mitasi rasi Qutbiddin Burxanov Zomin tumani SEO markazida yuz bergan holat bo`yicha ma`lumot berdi

'Oliy Majlis Senati qo`mitasi rasi Qutbiddin Burxanov Zomin tumani SEO markazida yuz bergan holat bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Avvalroq, Zomin tumani SEO markazi rahbarining o`z xodimlariga nisbatan xaqoratomuz va qo`pol munosabati Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Q.Burxanov tomonidan nazoratga olingani haqida xabar bergan edik.  

Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi rasi Kutbidin Burxanov Zomin tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida yuz bergan holat yuzasidan ma`lumot berdi.

"Mazkur holat o`rganilishi natijasida ma`lum bo`ldiki, chindan ham Zomin tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi sanitar vrach vazifasida ishlovchi xodim 2020 yilning 20 avgust kuni markaz binosida ishchi xodimlar oldida o`zining rahbari bilan janjallashib qolib, buning ortidan rahbar va xodim bir-birlari sha`ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitib, nojo`ya so`zlar bilan haqorat qilgan.

Bundan tashqari, ushbu xodim markaz vrach laboranti bo`lgan yana bir xodim bilan ham janjallashib, bir-birlarini haqorat qilgani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Zomin tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilib, natijasiga ko`ra, markaz rahbari va ikki nafar xodimiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va Zomin tumani ma`muriy sudiga yuborilgan.

Zomin tuman ma`muriy sudining qaroriga asosan mazkur rahbar va ikki nafar xodim Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalariga muvofiq ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

O`z navbatida, fuqarolarimizdan aholini chalg`itmaslik maqsadida avval sodir etilib, o`zining huquqiy echimini topgan holatlar aks etgan video va audio materiallarni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatmaslik so`raladi",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar