Keyingi 3 kun ichida respublika bo`yicha aprel oyi o`rtasi uchun me`yoriy qiymatlarga yaqin bo`lgan havo harorati bilan iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublika hududining ko`p qismida bu kunlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat yakshanba kuni Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, dushanba kuni esa respublika shimolida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati 16-19aprelda kechalari 9-14oiliq, kunduz kunlari 22-27oiliq atrofida bo`ladi.
Dam olish kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor.
20 aprelda O`zbekiston hududiga shimoliy-g`arbiy oqim bilan Rossiya hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.20-21 aprelda ko`pgina viloyatlarda ( respublikaning shimolidan tashqari) yomg`ir yog`adi, shamolning kuchayishi kutilmoqda. Haftaning o`rtasiga kelib, harorat 10-12o iliq bo'ladi.






