"Toshshahartransxizmat" Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Toshkentda Duatlon bo`yicha havaskor va professionallar o`rtasida O`zbekiston Ochiq Kubogining birinchi bosqichi o`tkazilishi munosabati bilan 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar quyidagi ko`chalarda harakatlanish cheklanadi:
1) To`liq yopilish: Zulfiyaxonim ko`chasi – Labzak ko`chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo`ligacha;
2) To`liq yopilish: Nurafshon aylanma yo`li – Zulfiyaxonim ko`chasidan Sharof Rashidov shox ko`chasigacha (Yong`in xavfsizligi boshqarmasi);
3) Ikki taraflama harakatlanish yo`lning bitta qismi bo`ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shox ko`chasi – Osiyo ko`chasidan (Yong`in xavfsizligi boshqarmasi) Abdulla Qodiriy ko`chasigacha (“Jasorat” haykali);
4) Ikki taraflama harakatlanish yo`lning bitta qismi bo`ylab tashkil qilinadi: Abdulla Qodiriy ko`chasi – Sharov Rashidov shox ko`chasidan (“Jasorat” haykali) Labzak ko`chasigacha (“Anhor-Lokomotiv” bog`i).






