1

Toshkentdagi maktablarda kalta paypoq kiygan o`g`il bolalarga qarshi kurash boshlandinmi?

Jamiyat 16.04.2021, 18:00
Toshkentdagi maktablarda kalta paypoq kiygan o`g`il bolalarga qarshi kurash boshlandinmi?

Bloger tomonidan o`zining o`g`li o`qiydigan sinfda dars payti bolalarning oyoq kiyimini echtirib, paypoqlarining kalta yoki uzunligi nazorat qilingani haqida tanqidiy post joylashtirildi. 

" – Kecha tarbiya soatiga aylanib, LGBTning kalta paypoqqa bog`liqligi to`g`risida ma`ruza o`qilgan 20 daqiqa (shartli) O`ZBEK TILI darsi hisobidan ketdi, til jonkuyari sifatida menga ikki karra alamli bu hol. Shu 20 daqiqalik bilimning o`rnini qachon to`ldirish to`g`risida  o`sha “yo`l xarita”larida nimadir deyilganmi? Nechta sinfda qanchalab 20-30 daqiqalar ketyapti bunga? Savodi, bilimi bo`lmagan odamni ma`naviyatli qilish mushkulligini, hamma ezguliklar, yuksak ma`naviyat ham, avvalo bilim va savod ustiga qurilishini bilmaymizmi? Yumshoq targ`ibot yo`lidan borib, tarbiyani dars va ta`lim tizimiga aralashmagan holda, darslarda ma`ruza emas, darsdan tashqarida yuksak qadriyatlarni aks ettirgan san`at, adabiyot asarlarini sahnalashtirish, tomosha qilish, bepul to`garaklar faoliyatini rivojlantirish orqali amalga oshirsa bo`lmaydimi?  

Aytgancha, kim qaysi konspirologik nazariyaga ishonsa, o`zining ishi. Lekin bola paypog`ining uzunligini o`zi va ota-onasi hal qiladi!" - deydi bloger.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lgan mazkur holat yuzasidan  Halq ta`limi vazirligining matbuot kotibi bayonot berdi.

Unga ko`ra, hodisa Mirobod tumanidagi 110-maktabda bo`lib o`tganligi aniqlangan va hozirda haqiqiy holat bo`yicha o`rganish ishlari olib borilmoqda. Xalq ta`limi vazirligi tomonidan esa keltirilgan holat yuzasidan maktablarga hech qanday topshiriq berilmaganligi ma`lum qilindi.   

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1