1

Internetda narkotik moddalar reklamasi joylashtirilgan 50dan ortiq resurslar o`chirilgan

Jamiyat 16.04.2021, 18:22
Internetda narkotik moddalar reklamasi joylashtirilgan 50dan ortiq resurslar o`chirilgan

Bundan bir qancha vaqt muqaddam AOKA va IIV axborot xizmati o`zaro hamkorlikda narkotik moddalari reklamasi joylashtirilgan manzil haqida xabar qabul qiluvchi  @stopnarko_bot Telegram botini ishga tushirgan.

O`tgan qisqa vaqt ichida mazkur botga keng jamoatchilik tomonidan ko`plab ma`lumotlar kelib tushgan. Ushbu ma`lumotlar asosida tegishli o`rganishlar olib borilgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda narkotik moddalar reklamasi, manzili haqida ma`lumot beruvchi 50dan ortiq resurs faoliyati to`xtatilgan.

Ma`lum qilinishicha, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi. Shuningdek, fuqarolardan narkotik moddalar reklamasi joylashtirilgan barcha ma`lumotlarni @stopnarko_bot ga yuborish so`ralmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1