1

Qoraqalpog`istonda yuk mashinada talon-toroj qilinayotgan 60 litr yoqilg`i mahsulotlari aniqlandi

Jamiyat 16.04.2021, 19:32
Qoraqalpog`istonda yuk mashinada talon-toroj qilinayotgan 60 litr yoqilg`i mahsulotlari aniqlandi

Kecha, 15 aprel kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasiga noqonuniy holat yuzasidan ariza kelib tushgan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ma`lumotga ko`ra, shu kuni “Temir yo`llarda xavfsiz kun” tadbiri davomida, Qo`ng`irot tumani, Qo`ng`irot OFY da yashovchi 1966 y.t B.B. boshqaruvidagi, "Qo`ng`irot temir yo`l masofasi" korxonasiga tegishli “Mersedec-Benz” rusumli yuk avtomashinasi yukxonasidan temir yo`lga tegishli bo`lgan, uzunligi 2.70 sm, eni 20 sm, bo`yi 17 sm bo`lgan 49 dona yog`och "shpal" hamda uchta elim idishda jami 60 litr benzin yoqilg`i mahsulotlarini talon-taroj qilib olib ketayotgan vaqtida aniqlangan.

Surishtiruv davomida ushbu mahsulotlar hujjatlari so`ralganda B.B. soxta hujjatlarni ko`rsatgan.                                    

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1