Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayollar va erkaklar unga qanday murojaat qilishlari haqida gapirib o`tdi.
“Ayollar meni Krishtianu, erkaklar esa Ronaldu deb chaqirishlarini xohlagan bo`lardim. Ronaldu deb murojaat qilish erkaklarga ko`proq mos keladi. Yaqin do`stlarim meni Krish deb chaqirgani yaxshiroq”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
Ma`lumot o`rnida, Krishtianu Ronaldu ijtimoiy taqmoqlarda 200 million kuzatuvchilarga ega bo`lgan birinchi sportchiga aylandi.