1

Bir kunda uch nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi

Jamiyat 17.04.2021, 11:53
Bir kunda uch nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi

O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan, 2021 yil 1 aprel kunidan qidiruvda bo`lgan, 1982 yilda tug`ilgan Z.Ya. Toshkent viloyati IIBB YXXB RIBda aniqlanib ushlangan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

U haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish maqsadida kelgan vaqtida YXXB inspektorining hushyorligi sabab qidiruvda ekanligi aniqlanib, darhol qo`lga olish choralari ko`rilgan. Z.Ya. ga nisbatan Samarqand viloyati Jomboy tumani IIB tomonidan e`lon qilingan qidiruv to`xtatildi.

Bundan tashqari, shu kuni Qibray va Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 46, 168, 244-moddasida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, sud organidan yashirinib, aprel oyi boshidan buyon qidiruvda bo`lgan ikki nafar shaxslar qo`lga olingan. Hozirda ularga nisbatan tegishli choralar ko`rilishi ta`minlanmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1