1

Bugun ba`zi viloyatlarda biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda

Jamiyat 18.04.2021, 07:37
Bugun ba`zi viloyatlarda biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Harorat 14-19° iliq bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1