17 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab jami 33 208 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 403 136 nafarga etdi.
17 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Farg`ona viloyati (4545 nafar),
- Qashqadaryo viloyati (4350 nafar),
- Samarqand viloyati (4344 nafar) band qildi.
E`tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg`ona viloyatida 58529 nafar,
- Andijon viloyatida 44309 nafar,
- Namangan viloyatida 40664 ,
- Samarqand viloyatida 36178 nafarni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






