1

Uchqo`rg`onlik ota farzandlari alimenti uchun 4300 dollar berdi

Jamiyat 18.04.2021, 12:31
Uchqo`rg`onlik ota farzandlari alimenti uchun 4300 dollar berdi

Majburiy ijro byurosin Uchqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan Prezidentimizning 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni ijrosini ta`minlash borasida tegishli chora-tadbirlar ko`rib kelinmoqda. Jumladan, aliment bilan bog`liq ijro hujjatlari ijrosini ta`minlash maqsadida keng jamoatchilik va aholi o`rtasida targ`ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.  

Byuroning tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish bois fuqaro fuqaro Pozilov Tursunboy farzandlari voyaga etgunga qadar bo`lgan aliment mablag`ni bir yo`la to`lab berdi.  

Bo`lim ish yurituvida Uchqo`rg`on tumanlararo sudining buyrug`iga asosan qarzdor Pozilov Tursunboydan undiruvchi Tursunova Umida foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taminoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Fuqaroga amaldagi qonunchilikda farzandi voyaga etgunga qadar aliment mablag`larini to`lashi yoki mol-mulk hadya qilish mumkinligi tushuntirildi. Mas`uliyat va majburiyatni his etgan ota u bir yo`la voyaga etgunga qadar 4300 AQSh dollari miqdoridagi mablazni to`lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1