1

Muborak kunlarda Toshkentda ajrashish arafasida turgan oila yarashtirib qo`yildi

Jamiyat 18.04.2021, 13:14
Muborak kunlarda Toshkentda ajrashish arafasida turgan oila yarashtirib qo`yildi

Oila muqaddas qo`rg`on. Shu qo`rg`onga darz ketsa farzandlar  eng ko`p aziyat chekadi. Chunki hayotda har bir farzand baxtli bo`lishga haqli.  Majburiy ijro byuro organlariga aliment undiruvi bilan bog`liq kelib tushayotgan ijro hujjatlarining aksariyatida o`rtada bir nafar farzandlar bo`lsa, ko`pida 2 yoki undan kproq farzandlar  taqdiriga befarq bo`lgan hollarni ko`rish mumkin.  

Jumladan,  Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo`limi ish yurituvida FIB Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 17.02.2021 yilgi ijro hujatiga asosan, qarzdor D.Maxkamovdan undiruvchi F.Maxkamovaning foydasiga  ikki nafar farzandlari ta`minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud. Aliment ota voyaga etmagan farzandlari uchun moddiy ta`minot pullarini o`z vaqtida to`lab kelgan bo`lsada,  MIB tuman bo`limi tomonidan ajrimdagi oilaga olib borilgan profilaktika va huquqiy tushuntirish ishlari natijasida  joriy yilning 14  aprel kuni    qarzdor va undiruvchining ikki nafar voyaga etmagan farzandlari kelajagi uchun  oilani tiklanishiga hissa qo`shildi.

Qarzdor va undiruvchi yarashib, farzandlari esa butun oila bag`rida ulg`ayishadi endi. Muborak kunlarda tuman bo`limi davlat ijrochisi S.Eshdavlatov tomonidan olib borilgan sa`y- harakatlari besamar ketmadi,  yuritimizda parchalangan yana bir oila tiklanib farzandlar hayotiga quvonch qaytdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1