Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan o`rnatilgan hamkorlik asosida Rossiya hududida huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo`lgan 300 ming nafardan ortiq O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ro`yxati shakllantirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hozirgi kunda Rossiya Federasiyasi hududida noqonuniy ravishda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021 yilning 15 iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali Rossiya Federasiyasi hududida bo`lishlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishlari lozim.
Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma`muriy chiqarib yuborish, deportasiya qilish chorlari qo`llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migrasiya bo`limidan qayta ro`yxatdan o`tish imkoniyati beriladi.






