AsosiyJinoyat

Namanganda 360.000 so`mga «gashish» sotayotgan shaxs ushlandi

'Namanganda 360.000 so`mga «gashish» sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Joriy yil 4 aprel kuni Namangan shahar IIO FMB JQB boshlig`i hamda tezkor vakili tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi 1963 yilda tug`ilgan fuqaro Olvalizor mahallasida tadbir ishtirokchisiga o`tkir hidli, to`q jigarrang rangli moddani 360.000 so`mga sotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko`ra, ushbu moddaning sof og`irligi 0,79 gramm bo`lgan «Gashish» giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar