1

Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

Jamiyat 19.04.2021, 07:33
Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida beqaror ob-havo saqlanib turadi, ushbu hududlarda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° iliq atrofida bo`lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° iliq bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1