AsosiySport

Italiyaning bir qancha klublari «Yuventus», «Milan» va «Inter»ni A Seriyadan chetlatishni talab qilmoqda

'Italiyaning bir qancha klublari «Yuventus», «Milan» va «Inter»ni A Seriyadan chetlatishni talab qilmoqda'ning rasmi

Italiyaning bir qator klublari Evropa Superligasida ishtirok etmoqchi ekani aniq bo`lgan «Yuventus», «Milan» va «Inter» klublarini A Seriyadan chetlatishni so`rashmoqda. Bu haqda Futbol.ua ma`lum qildi.

La Repubblica’ning xabar berishicha, Evropa Superligasi yaratilishi ortidan A Seriya klublarining navbatdan tashqari o`tkazgan shoshilinch yig`ilishida «Atalanta», «Verona» va «Kalyari» klublari rahbariyati A Seriyaning uchta grand klubi - «Yuventus», «Milan» va «Inter»ni chempionat o`yinlaridan chetlatishga chaqirgan.

Evropa Superligasida ishtirok etmoqchi bo`lgan ushbu klublar yangi musobaqa yo`lga qo`yilgancha Italiyadagi ichki turnirlarni tark etmoqchi emas.

Ma`lumot uchun, A Seriya 31-turidan keyin «Inter» 75 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, «Milan» 66 ochko bilan 2-o`rinda, «Yuventus» 62 ochko bilan 4-o`rinda bormoqda. «Atalanta» esa 64 ochko bilan 3-pog`onadan joy olgan.

    Boshqa yangiliklar