AsosiySiyosat

"Meni va qizimni zo`rlaganlar ozodlikda yuribdi" — Muhojir ayolning murojaati nazoratga olindi

'"Meni va qizimni zo`rlaganlar ozodlikda yuribdi" —  Muhojir ayolning murojaati nazoratga olindi'ning rasmi

16 aprel kuni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Muhojir ayol: Meni va qizimni zo`rlaganlar ozodlikda yuribdi” nomli videomaterial keng tarqaldi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati holat yuzasidan o`rganish olib bordi.

Videolavhada Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida mehnat qilayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va uning ikki farzandiga nisbatan sodir etilgan zo`ravonlik harakatlari bo`yicha xabarlar aks ettirilgan.

Ushbu masala Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olindi.

Hukumatning tegishli vazirlik va idoralariga tezkor so`rovnomalar yuborildi.

O`rganish natijalari yuzasidan ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar