Argentina terma jamoasining jersisini eslatuvchi futbolkani polietilen paketdan yasab, kiyib olgan bolakay surati turk ishqibozlari bloglarida paydo bo`lgani va butun dunyoga tarqalgani, bundan futbolchining o`zi xabar topib, bolakayga yordam qilish istagini bildirgani haqida xabar bergandik.
Vanihoyat u o`z orzusiga erishdi. “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 5 yoshli afg`onistonlik muxlisiga dastxati tushirilgan futbolkasini sovg`a qildi.
Argentinalik futbolchining rasmiylari 5 yoshli Murtazo haqiqatan futbolchi tomonidan dastxat qo`yilgan futbolkani qo`lga kiritganini ma`lum qilishgan.






