Koronavirusning ba`zi mutasiyalari daxlsiz bo`lishi mumkin, vaksinalar ularga qarshi kuchsizdir. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi, deb yozmoqda "if24.ru"
Shifokorlarning fikriga ko`ra, emlash infeksiyalar sonini kamaytirishi mumkin. Biroq, koronavirusdagi mutasiyalar xavfli bo`lib qolmoqda. JSST butun dunyo bo`ylab infeksiya tarqalishini sekinlashtirish zarurligini aytmoqda. O`z-o`zidan virus hech qaerga ketmaydi. Shifokorlar ba`zi mamlakatlarda kasallik darajasi yuqori bo`lib qolayotganini tan olishdi.
JSST shuningdek, koronavirusning ta`siri, shu jumladan uning yangi shtammlari haqida ma`lumot to`plashni davom ettirishlarini ta`kidladi. Ulardan ba`zilari xavfli, chunki ular juda tez tarqaladi.






