1

O`zbekistonda Inoyat Navro`zboev haqida film suratga olinmoqda

Madaniyat 21.04.2021, 16:28
Teglar: Inoyat Navro`zboev
O`zbekistonda Inoyat Navro`zboev haqida film suratga olinmoqda

O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi" DUK tomonidan "Unutilmas qahramonlar" turkumi ostida yangi hujjatli filmlar suratga olinmoqda. Mazkur filmlardan biri vatandoshimiz Inoyat Navro`zboev haqida. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Inoyat Navro`zboev 1918 yilda tug`ilgan, ikkinchi jahon urushida pulemyotchi sifatida qatnashgan. Dnepr daryosi bo`yidagi jangda katta jasorat ko`rsatgan hamda “Oltin yulduz” faxriy medali bilan mukofotlangan.  

Mazkur turkum hujjatli filmlar Ikkinchi jahon urushida jasorat ko`rsatgan yurtdoshlarimiz haqida bo`lib, urushda qozonilgan g`alabaning 76 yilligiga bag`ishlanadi. Postanovkachi rejissyor Navro`za Biynazova “Inoyat Navro`zboev” filmining suratga olish jarayonlari haqida so`zladi:

Ijodiy guruhimiz bilan Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l tumanida bo`ldik. Qahramonimiz, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi kichik leytenant Inoyat Navro`zboev shu hududda tug`ilib katta bo`lgan, urushdan qaytib kelib sovxozlarni boshqargan. To`rtkul tumanida 3 kunlik s`yomka jarayonlarida deyarli barcha epizodlar olindi. Inoyat Navro`zboev yoshligini Shahzod Ma`rufjonov ijro etdi. Hozirda filmning montaj jarayonlari boshlandi”

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1