AsosiySport

"SHAHRISABZ OPEN" xalqaro turniri yakunlandi(foto)

'"SHAHRISABZ OPEN" xalqaro turniri yakunlandi(foto)'ning rasmi

Kecha, 20 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida velosportning shosse yo`nalishi bo`yicha "SHAHRISABZ OPEN" xalqaro turniriga start berilgan edi. Bugun ushbu xalqaro turnir o`z yakuniga etdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

Bugun musobaqaning ikkinchi kungi bahslari doirasida ishtirokchilar velosportning kriterium guruh poygasi yo`nalishi bo`yicha o`zaro kuch sinashdi.

70 nafardan ortiq sportchi Shahrisabz shahridagi "Oq saroy" majmuasi atrofida 60 km masofani aylangan holda bosib o`tishdi. Kriterium guruh poygasi yo`nalishi bo`yicha g`olib va sovrindorlar quyidagicha ko`rinish oldi:

1. Umidjon Baxtiyorov (Xorazm);

2. Damir Zabirov (Toshkent viloyati);

3. Akrom Sunnatov (Toshkent viloyati).

Musobaqa g`olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, pul mukofotlari va qimmatbaho estalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

    Boshqa yangiliklar