O`zbekistonning Rossiyadagi migrantlarini olib kelish uchun Voljskiy—Toshkent yo`nalishidagi reys 23 aprel kuniga mo`ljallangan, deb xabar berdi «Rossiya temir yo`llari» matbuot xizmati.
Poezd Voljskiy stansiyasidan 23 aprel kuni soat 20:50 da yo`lga chiqadi va Rossiya huquqida boshqa qo`shimcha to`xtashlarni amalga oshirmaydi. Chiptalar savdosi hozirda ochilgan.
Yo`lovchilar chiptani rasmiylashtirishi uchun Rossiya hududidagi istalgan temir yo`l kassasiga murojaat qilib, O`zbeksiton fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak.
Bundan tashqari, poezd chiptalarini «Rossiya temir yo`llari»ning rasmiy sayti, shuningdek, «RJD Yo`lovchilarga» mobil dasturi orqali rasmiylashtirish mumkin, deyiladi xabarda.






