Avvalroq, Samarqand shahridagi 31 ta umumiy o`rta ta`lim maktabining o`qituvchi va o`quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli shu maktablarda 14 kunga o`quv jarayoni masofaviy shaklga o`tkazgilgan edi.
Kecha, 21 aprel kuni ham 1, 19, 41 va 47-maktab o`quvchilari orasida kasallik yuqtirish holati aniqlandi va bu maktablarda ham o`qish onlayn tartibda olib boriladigan bo`ldi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Shunday qilib, ayni paytda 35 ta maktabda ta`lim jarayoni masofaviy tarzda olib borilyapti. Ushbu maktablarning o`qituvchi va o`quvchilaridan olinadigan tibbiy test natijalariga qarab o`qishlar an`anaviy shaklga o`tkazilishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, koronavirusdan kasallanish bo`yicha so`nggi kunlardagi ko`rsatkichlarda Samarqand viloyatida bemorlar soni oshgani ma`lum qilingan edi.






