Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishida 10 nafar sudyani intizomiy jazoga tortishga rozilik berildi. Bu haqda kengash axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ularning barchasi odil sudlovni amalga oshirish paytida qonunchilikni buzgani, shuningdek, sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi uchun jazoga loyiq deb topilgan. Rozilik berilganlarning 7 nafari fuqarolik, 2 nafari jinoyat va 1 nafari iqtisodiy ishlar bo`yicha sudlar sudyalari hisoblanadi.






