AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga yangi rais tayinlandi

'O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga yangi rais tayinlandi'ning rasmi

 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining navbatdagi yalpi yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda ''Darakchi'' muxbiri xabar berdi.

Kun tartibiga qo`yilgan masalalardan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o`zgarishi munosabati bilan yangi rais nomzodi ilgari surildi. Va bir ovozda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o`rinbosari Shahnoza Joldasova nomzodligi ma`qullandi.

Ma`lumot uchun, Shahnoza Joldasova Batirovna Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahrida tug`ilgan. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Parlament huquqi va parlamentarizm masalalari tadqiqot sho``basi bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Boshqa yangiliklar