Turkiya hukumati mamlakatda epidemiologik vaziyat keskin yomonlashganligi va koronovirus COVID-19 kasalligi misli ko`payganligi sababli joriy yilning 23 aprel kunidan e`tiboran komendantlik holat amal qilinishi haqida qaror qabul qildi.
Shu munosabat bilan, ayni damda Turkiyada bo`lib turgan yoki ushbu mamlakatga safar qilishni rejalashtirilayotgan yurtoshlarimizni Turkiya hukumati tomonidan qabul qilingan karantin qoidalariga qattiy rioya etishga chaqiramiz.






