1

Toshkentda “Evroosiyo” xalqaro teatr san`ati festivali o`tkaziladi

Madaniyat 24.04.2021, 10:41
Toshkentda “Evroosiyo” xalqaro teatr san`ati festivali o`tkaziladi

Hukumat qarori (235-son, 23.04.2021 y.) bilan “Evroosiyo” xalqaro teatr san`ati festivalini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga ko`ra, festival 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktyabr oyining so`nggi o`n kunligida Toshkent shahrida O`zbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari ishtirokida tashkil etiladi.

Mazkur festival yillar kesimida teatr san`atining aniq bir janr va yo`nalishlarida quyidagi ketma-ketlikda o`tkaziladi:  

➖dramatik teatrlar festivali (birinchi marta);  

➖musiqali teatrlar festivali (ikkinchi marta);  

➖qo`g`irchoq teatrlari festivali (uchinchi marta);  

➖yosh tomoshabinlar teatrlari festivali (to`rtinchi marta).  

Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar festival o`tadigan yilning 1 fevraliga qadar festivalning maxsus elektron manzili orqali ariza berishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1