1

Toshkentda tegishli vazirlik va idoralar "snos"ga tushgan reklama bannerlari bo`yicha izoh berdi

Jamiyat 24.04.2021, 17:23
Teglar: reklama, EOAVMA
Toshkentda tegishli vazirlik va idoralar "snos"ga tushgan reklama bannerlari bo`yicha izoh berdi

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositlari milliy assosiasiyasi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida “Tashqi reklama: qonun va aholi manfaatlari ustuvorligi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Respublika manaviyat va ma`rifat markazi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa bir qator muassasalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ma`lumki keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va ba`zi ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahridagi tashqi reklama konstruksiyalari atrofida turli mazmundagi shov-shuvlar ko`tarildi, muammoning tub sabablari etarlicha o`rganilmasdan, turli asossiz fikr va farazlar ilgari surilmoqda. Bu esa jamoatchilik o`rtasida ortiqcha bahs-munozaralarga sabab bo`lmoqda.

Tashqi reklama konstruksiyalarini o`rnatish mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasining “Reklama to`g`risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to`g`risida”gi 104-son qarori bilan tartibga solingan.

Hukumat qarori doirasida mamlakatimiz bo`yicha 12 318 ta tashqi reklama konstruksiyalari xatlovdan o`tkazilganda, ularning 7108 tasi yoki 58 foizi belgilangan talablarga mos emasligi aniqlangan. Jumladan, ularning 2094 tasi yo`lning qatnov qismida joylashgan, 1353 tasi butunlay egasiz, 201 tasida oraliq masofa saqlanmagan.

Shu bilan birga, konstruksiyalar egalari tadbirkorlar tomonidan 1782 tasining kamchiliklari ixtiyoriy bartaraf etilgan bo`lsa, 1514 tasi egalari tomonidan demontaj qilingan. Ixtiyoriy ravishda tartibga keltirilmagan 2218 ta konstruksilar bo`yicha sudlarga 514 ta da`vo arizalari kiritilgan.

Toshkent shahrida olib borilgan o`rganishlar natijasida 6630 ta konstruksiyaning 3207 tasi yoki 48 foizi mavjud talablarga mos emasligi aniqlandi. Ularning 1459 tasi yo`lning qatnov qismida, 1104 tasi egasiz bo`lsa, 124 tasida oraliq masofaga rioya etilmagan.

Aniqlangan kamchiliklarning 80 tasi ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan va 11 tasi demontaj qilingan. Ixtiyoriy tartibga keltirilmagan 1764 ta konstruksilar bo`yicha sudlarga 425 ta da`vo arizalari kiritilgan.

Ochiq muloqatda so`zga chiqqan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi o`rinbosari E.Bozorov esa tartibsiz o`rnatilgan reklama konstruksiyalari yo`l harakati xavfsizligiga salbiy ta`sir ko`rsatib, fuqarolarimiz hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga jiddiy xavf solayotganligini alohida ta`kidlab o`tdi.

Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari M.Maxkamov ayrim tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan tashqi reklama faoliyatida soliq bazasi yashirayotganligi, soliqlar o`z vaqtida to`lamayotganligi, bu esa byudjetga tushumlarning  pasayishiga sabab bo`layotgani, natijada ijtimoiy soha dasturlarini amalga oshirishda muammolar paydo bo`layotganini ma`lum qildi.

Qurilish vaziri boshqarma boshlig`i B.Sodiqov o`z chiqishida tashqi reklama konstruksiyalarini o`rnatishda shaharsozlik normalari va qoidalariga etarli darajada rioya etilmayotganligi, shaharlarimizning tashqi qiyofasi va ko`rkiga rahna solinayotganligini qayd etdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig`i D.Qambarov tashqi reklama konstruksiyalari noqulay ob-havo sharoitlari, jumladan, kuchli shamol va yog`ingarchiliklar ta`sirida fuqarolarning hayoti va mol-mulkiga xavf solayotganligi, ushbu konstruksiyalar favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlariga to`sqinlik qilayotganligiga diqqatini qaratdi.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori E.Haytmetov, jumladan, tashqi reklama konsturksiyalarini tartibga keltirish uchun tadbirkorlik sub`ektlariga 6 oydan ko`proq muddat berilganligi, bundan tashqari, mediasiya asosida tashqi reklama konsturksiyalarini tartibga keltirish uchun sudlar tomonidan ham ma`lum muddat imkoniyat taqdim etilgani, lekin shunga qaramay, bir qator tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan bu boradagi qonun ijrosi ta`minlanmaganiga e`tibor qaratdi.

Respublika manaviyat va ma`rifat markazi rahbari M.Hojimatovning ta`kidlashicha, ayrim tadbirkorlar ko`proq daromad olish maqsadida tashqi reklama vositalarida millatimiz timsoliga aylangan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ulug` mutafakkirlarimizning tabarruk siymolaridan bachkana usullar orqali foydalanishga urinmoqda. Xalqimiz ma`naviyati va qadriyatlariga ochiqdan-ochiq bepisandlik hisoblangan bunday holatlar yurtdoshlarimizning jiddiy e`tiroziga sabab bo`lmoqda.

Toshkent shahar Hokimi o`rinbosari F.Mahmudxo`jaev poytaxt qiyofasi millat qiyofasi ekanligini ta`kidlab, Toshkent shahri keyingi to`rt yil ichida tubdan o`zgarib, dunyoning eng go`zal shaharlaridan biriga aylanganligini alohida ta`kidladi. Biroq ko`cha-ko`yda betartib, noqonuniy o`rnatilgan reklama konstruksiyalari shahrimizning ko`rkiga soya solayotganligi, endilikda bu sohada ham qat`iy tartib va nazorat o`rnatish shahar hokimligining birinchi galdagi vazifasi ekanligini bildirdi.

Ochiq muloqotda ishtirok etgan vazirlik va idoralar vakillari bu sohadagi mavjud muammolarni hal etishda mavjud huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bunda eng avvalo, aholi manfaatlari, odamlarning sog`lig`i va xavfsizligi, shahar va qishloqlarimizning obodligiga alohida e`tibor qartish, jamoatchilikning fikri va takliflarini inobatga olish zarurligini ta`kidladilar.

Shu bilan birga, yana bir qator tashkilotlar vakillari ham mavzuga oid muammolarning echimi yuzasidan o`zlarining taklif va mulohazalarini bildirdi.

Ochiq muloqat ishtirokchilari ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarning mavzuga oid savollariga ham javob berishdi.

Sharhlar

Toshkentda ichimlik reklamasida behayo harakatlar qilganlar jarimaga tortildi (video)

27.10.2022, 19:44

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning behayo harakatlari aks etgan video tarqalib ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda...
"Daraxt – reklamalar uchun joy emas" – Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

22.08.2021, 21:47

Reklamalarni joylashtiruvchilar daraxtlarning holati  haqida aslo  qayg`urmaydilar –  qo`lbola usulda yasalgan bilbordlarini osish uchun to`g`ridan-to`g`ri  ularning tanasiga mix va burama mixlar qoqib, ilgaklar bilan  bog`lab...
Turonbankdan qulay avtokredit!

13.08.2021, 13:36

Qachon mashinangni almashtirasan? Buzilaverib, jonga tegdi-ku! "Probegi"yam 200 mingdan oshdi! Motorni ochaverib, "qatig`ini chiqarvording"! degan gaplardan charchaganlar uchun Turonbankdan qulay avtokredit!Assortimentda "Spark"dan "Kia" va "Volkswagen"gacha....
Texnik vositalar bilan savdo qiluvchi tadbirkorlik sub`ektlari diqqatiga!!!

30.07.2021, 19:21

E`LON!O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” milliy media dastur doirasidagi loyihalarni samarali amalga oshirishni yo`lga qo`yish,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1