1

O`zbekistonda koronovirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. 348 kishi virusni yuqtirib oldi

Jamiyat 25.04.2021, 10:19
O`zbekistonda koronovirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. 348 kishi virusni yuqtirib oldi

2021 yil 24 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 89027 (+348) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 7 nafari Xorazm viloyatida,
  • 68 nafari Toshkent viloyatida,
  • 182 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 16 nafar,
  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 7 nafar,
  • Samarqand viloyatida 29 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 2 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 29 nafar,
  • Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 85764 (+228) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

 

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 643 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2620 nafar bemordan 238 nafari og`ir, 113 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1