AsosiyDunyo

Nikol Pashinyan iste`foga chiqishini e`lon qildi

'Nikol Pashinyan iste`foga chiqishini e`lon qildi'ning rasmi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o`zining Facebook-da joylashtirilgan aholiga murojaatida iste`foga chiqishini e`lon qildi. Bu haqda rbs.ru xabar berdi.

"Bugun men konstitusiyaviy qoidalarni amalga oshirish va parlamentni tarqatib yuborish uchun iste`foga chiqmoqdaman", dedi u Pashinyan.

Pashinyan 20 iyun kuni bo`lib o`tadigan navbatdan tashqari parlament saylovlariga qadar u muvaqqat hukumat rahbari bo`lishini ta`kidladi.

Saylovda hukmron Fuqarolik artnomasi partiyasi ishtirok etadi va Pashinyan uning bosh vazirlikka nomzodi bo`ladi. 

«Agar odamlar meni bosh vazir lavozimidan ketishim kerak deb qaror qilsalar, men ularning xohishini bajaraman. Agar odamlar mening bosh vazir bo`lib qolishim to`g`risida qaror qabul qilsalar, men ham bu qarorni bajaraman », deb va`da qildi Pashinyan.

Boshqa yangiliklar