AsosiyJamiyat

#Ramazon-2021. Saharlikning xosiyati qanday?

'#Ramazon-2021. Saharlikning xosiyati qanday?'ning rasmi

Ramazon saharlik, iftorlik va taroveh namozi ila rahmatlangan: saharlikda barokat, iftorlikda xayr va farishtalar duosi, tarovehda esa qilingan gunoh ishlarimizning mag`firati mujdasi bor.

Har birimiz saharlikka turarkanmiz, bir tomondan kun bo`yi jismimizga quvvat bo`lsin, deya ovqatlansak, ikkinchi tomondan, xushxabari berilgan saharlik barakotidan nasibador bo`lishga sa`y qilamiz. Zotan, bu Rasululloh (s.a.v.)dan tavsiyadir.

Shunday ekan, albatta saharlik qiling! Saharlik paytida suyuqlik iste`mol qilishga alohida e`tibor qaratish lozim. Sho`rva, mastava va shunga o`xshash suyuq taomlar, meva va sabzavotli salatlar eyish maqsadga muvofiq. Saharlik qilmay, kechasi ovqat eb yotish esa umuman noto`g`ri.

Manba: muslim.uz

    Boshqa yangiliklar